Ota ibrati

Date:

Ota farzandlar uchun ideal, shuning uchun ham u o‘z amallari bilan ibrat bo‘lishi lozim. Oilada o‘g‘il-qizlar ota-onaning ko‘zgudagi aksidir. Ular qanday tarbiya topib, qanday inson bo‘lib yetishishi esa ota-ona mehnatining in’ikosidir. Buni yaxshi anglab yetgan sho‘rchilik Hazratqulovlar oilasining boshi farzandlariga namuna bo‘lishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi.
Ota ingliz tilini o‘rganishga kirishdi. O‘z navbatida farzandlar ham otalariga ergashdi. Bunda hech qanday repetitorga murojaat qilishmadi, balki “Ibrat farzandlari” loyihasidan foydalanishni afzal bilishdi. Onlayn saboqlardan keyin, bilimlarini oshirish uchun berilgan topshiriq va vazifalarini bajarishadi. Oilaviy muhit esa bunga yanada qulay sharoit yaratadi. Chunki barcha til o‘rganmayaptimi, o‘zaro savol-javob, muloqot natijasida zerikarli yodlashlar ham qiziq mashg‘ulotga aylanadi.
— Farzandlarim, mendan ko‘rib ibrat olsin deyman. Bekorga “Ibrat farzandlari” emas, — deydi oila boshlig‘i.
“Ibrat farzandlari” loyihasi chekka qishloqlargacha nafaqat yetib borishi, balki katta qiziqish bilan o‘rganishayotganidan ko‘zlangan maqsad ham aslida shu.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun