Bepul ko‘mir tarqatildi

Date:

Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ostida. Ana shunday oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish, munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida senator A. Sanginov ezgu tashabbusni boshlab berdi.
Natijada Uzun tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari” va “Temir daftari”da ro‘yxatda turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalar, yakka-yolg‘iz keksalar, moddiy ko‘makka muhtoj oilalarga 1810 tonna yetkazib berildi. Har bir oilaga 600 kilogramdan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha reja belgilangan bo‘lib, joriy yilning bugungi kun holatiga qadar 1783 tonna ko‘mir mahsuloti tarqatildi.
Ayni paytda ko‘mir mahsulotlarini aholi xonadonlariga tarqatish ishlari davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun