800 o‘rinli TTJ qurilmoqda

Date:

Termiz davlat universitetida 2,7 ming o‘ringa ega 6 ta talabalar turar joyi mavjud. Xolbuki, oliygohda 26 mingdan ortiq talaba tahsil olib kelayotir. Bu esa talabalar turar joyiga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi. Ehtiyojni hisobga olgan holda 800 o‘rinli talabalar turar joyi bilan birga Ilmiy-innovatsion tadqiqot markazi, Yoshlar texnoparki va yopiq sport majmuasi qurilishi olib borilmoqda.
Xo‘sh, qurilish ishlari qanday ketmoqda? Qurilish sifatli davom etishi va foydalanishga topshirish muddatiga qadar bitkazilishi lozimligini hisobga olgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi va yangi binolarning qurilishi bo‘yicha mas’ullarning axborotini tingladi.
Oliygohda yangi loyihalarni sifatli amalga oshirish, talabalarning turar joylar bilan bog‘liq muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun