Yangi uy kalitlari egalariga topshirildi

Date:

Uy — vatan ichra kichik bir vatandir. Odamlarni nafaqat issiq va sovuqdan asrovchi boshpana, balki har qanday damlariga guvoh bo‘ladigan, yaqinlari bilan hamdam yashaydigan makondir. Kimdir uyni moddiy mulk sifatida qarar, ammo millatimizning har bir vakili uyni haqiqatda kichik bir Vatan sifatida biladi, qadrlaydi. Shu sababdan ham butun umr uy olish, imorat solish uchun yig‘inadi, bor-budini sarflaydi.
Sho‘rchi tumanining “Oqkamar” mahallasida qurib bitkazilgan ko‘p qavatli uy-joylar kalitini olib, yaxshi niyat ila o‘z xonadoniga tashrif buyurgan oilalar qalbi quvonch va hayajondan entikkani rost. Ularga mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi arafasida ushbu kalitlarning topshirilgani munosib sovg‘a bo‘ldi, deyish mumkin.
Aytish kerakki, “Sho‘rchi yo‘l qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilgan 30 xonadonli ushbu yangi uy-joylardagi xonalar dizayniga alohida e’tibor qaratilgan. Xonadonlarda barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan bo‘lib, uy egalari ana shu qulayliklardan bahramand bo‘lishlari ko‘zlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun