Viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida yoshlar bilan uchrashuvi “Sea Sun Festival” xalqaro tanlovi g‘olibi Charos Absoatovaning ijod namunalarini tinglash bilan boshlandi. Ajoyib ijro barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shundan so‘ng, “Hokim va yoshlar uchrashuvi”da so‘z navbati viloyat hokimiga berildi.


Aytilgan fikrlardan, samimiy suhbatdan ruhlangan yoshlar ham birma-bir so‘zga chiqib, o‘z taklif va istaklarini bildirdilar. Turli masalalarda fikrlarini aytdilar. 100 ga yaqin yosh ishtirok etgan suhbat ochiq va samimiy ruhda davom etdi. Muloqot davomida bildirilgan takliflar va ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq muddat bilan vazifalar belgilab berildi.
Vohamizda hech bir yosh e’tibordan, g‘amxo‘rlikdan chetda emas, buni 26 nafar yoshga o‘zini o‘zi band qilishlari uchun tikuvchilik dastgohi, sartaroshlik jihozlari, payvandlash uskunasi hamda 30 nafar talaba-yoshning kontrakt pullarini to‘lash uchun 100 million so‘mlik, 10 nafar yoshning davolanish xarajatlarini qoplab berish uchun 30 million so‘mlik sertifikatlar topshirilganidan bilish, ko‘rish mumkin bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun