Psixologik bilimi shakllantirildi

Date:

Mahallada faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar faoli kayvoni va fikr-mulohazalari bilan barchani o‘ziga ergashtirib, inson psixologiyasiga ta’sir o‘tkaza olishi lozim. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadga erishish oson va muammoni xamirdan qil sug‘urganday hal eta oladi. Xo‘sh, buning uchun qanday yo‘l tutmoq lozim? Sherobod tumanida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va psixologlar hamkorligida “Mahalla xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish” mavzusida tashkil etilgan seminar-treningda ayni shunday savollarga javob topish mumkin bo‘ldi.


Seminarda xotin-qizlar faollari oilalar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarning oldini olish, ruhiy tushkunlikka tushgan shaxslar va zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish hamda ajrimlarning oldini olishga qaratilgan psixologik bilimlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Qiziqarli kechgan tadbirda ishtirokchilar psixologdan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Seminar-trening davomida ishtirokchilar uchun o‘quv-rejaga asosan dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Kun yakunida esa test sinovlari natijasi bo‘yicha ishtirokchilarga “Sertifikat”lar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun