E’tirozingiz bo‘lsa, appelatsiya…

Date:

1-avgustdan o‘qishga kirish uchun imtihonlar boshlandi va 13 avgust kuniga qadar davom etadi. Mandat natijalaridan norozi bo‘lganlar apellyatsiya berishi mumkin.
Aytish kerakki, bakalavriatga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abiturientlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda shikoyat qilishi mumkin.
Elektron shakldagi apellyatsiya shikoyati Bilimni baholash agentligining maxsus portalidagi (my.uzbmb.uz) abiturientning shaxsiy kabineti orqali beriladi va unga agentlik tomonidan shikoyatni ko‘rib chiqish vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma jo‘natiladi. Ha aytgancha, apellyatsiya bergan abiturient xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishi kerak.
Apellyatsiya shikoyati xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtda Bilimni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tadi. Apellyatsiya berilganda, test sinovlari qayta topshirilmaydi, balki oldin topshirilgan testda xato deb topilgan javoblar ekspertlar ishtirokida qayta ko‘rib chiqiladi.
Apellyatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abiturientga javoblar varaqasi nusxasi, noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati, test sinovlarida abiturientga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi. Abiturient o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozib beradi va barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.
Shundan so‘ng, apellyatsiya komissiyasi shikoyatni faqat abiturient ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqadi. Bordi-yu, abiturientning e’tirozlari asossiz bo‘lsa, natijalar o‘zgarishsiz qoldiriladi. Ekspert har bir e’tiroz bo‘yicha tushuntirish beradi. Abiturientning xohishiga ko‘ra komissiya qaroridan ko‘chirma beriladi.
Agarda e’tirozlar asosli bo‘lib, komissiya tomonidan qabul qilinsa, test sinovi bo‘yicha yangilangan natijalar apellyatsiya jarayoni to‘liq tugaganidan so‘ng, 5 ish kuni ichida ta’lim muassasasiga topshiriladi. Xususan, muassasadagi o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga topshirilishi lozim.
Abiturientning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi to‘g‘ri yetkazilmagan yoki yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovidan chiqarib yuborilgan yoki javoblarni yozma bermagan abiturientning shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Apellyatsiya komissiyasi test natijasi bo‘yicha e’tirozlarni inobatga olmagan bo‘lsa, abiturient natijalarni qayta ko‘rib chiqishni so‘rab sudga shikoyat qilish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun