Tadbirkorni qo‘llamagan mas’ullarga chora ko‘rildi

Date:

Tadbirkor yo‘lida g‘ov va to‘siqlar bo‘lar ekan, bunday muhit unga halaqit berishi, g‘oya va loyihalarini amalga oshira olmasligi aniq. Qolaversa, tadbirkor qo‘llab-quvvatlanmagan joyda, uni davlatdan, amaldagi boshqruvdan ham xafsalasi pir bo‘ladi, ishonchsizlik tup otib, palak yozadi. Mana shunday holatlarning oldini olish, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi to‘siqlarni olib tashlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Tadbirkorlar qabuli”ni onlayn formatda o‘tkazdi.
Bu galgi rejalashtirilgan qabul avvalida hududlarda tadbirkorlar bilan ishlash, qabulni samarali tashkil etish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilinib, ayrim mas’ullarga nisbatan keskin chora ko‘rildi. Jumladan, Jarqo‘rg‘on tumani hokimi oylik ish haqqisidan 40 foiz jarimaga tortildi. Viloyat Savdo-sanoat palatasi boshlig‘iga hayfsan berildi va viloyat prokuroridan prokuraturaning mas’ul xodimiga chora ko‘rish so‘raldi. Bundan tashqari, Jarqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va tumanda viloyat ishchi guruhi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazilishi belgilandi.


Shuningdek, Turonbank, Xalqbank va Aloqabank rahbarlari, Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi boshliqlari, Boysun, Sho‘rchi va Denov tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga hayfsan jazosi berildi va javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish topshirildi. Tadbirkor murojaatini o‘rganib, hal etish chorasini ko‘rmagan Qishloq qurilish bankning kreditlash bo‘limi boshlig‘i ishdan olindi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari videokonfrensaloqa tarzida hududiy studiyalardan ishtirok etayotgan 55 nafar tadbirkorning 64 ta murojaatini tingladi. Ko‘tarilgan masalalarning 15 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi. 49 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganib chiqish va hal etish choralarini ko‘rish vazifasi bilan mas’ullarga yo‘naltirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik o‘g‘lonlar!

Yurtimiz sharafini yuksakka ko‘tarib, o‘zlarining yutuqlari bilan o‘rnak bo‘lib...

Yirik investitsiya loyihalari bilan tanishildi

Loyihalar, g‘oyalar har doim qimmtli va muhim ahamiyatga ega....

Prokuraturada yangi bo‘linma tashkil etiladi

Har soha va tizimni rivojlantirish uchun yangi qadamlar tashlanadi....

Migrantlarning farzandlari ta’limi uchun to‘lov joriy etiladi

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlarining farzandlari o‘qishi uchun to‘lov...
KunTun
KunTun