Nur qaytaruvchi nimcha taqish shartmi?

Date:

Ko‘chaga otlangan piyodaning ham, ulovdagining ham o‘z majburiyat va burchlari bor. Tartib-intizom va qoidalar esa inson hayotining garovidir. Shu maqsadda Sherobod tumani IIB JXX va yo‘l harakat xavfsizligi xodimlari tomonidan tungda yo‘lning qatnov qismidan harakatlanishda moto, velosiped hamda moped haydovchilariga nur qaytaruvchi nimchalar taqib harakatlanishi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilayotir.
Navbatdagi targ‘ibot davomida tungi vaqtda harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich va chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich va chiroq, yon tomonlariga esa zarg‘aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatilishi kerakligi uqtirildi. Bu orqali ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish va o‘zlarini asrashlari mumkinligi batafsil tushuntirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun