Ijodiy imtihonlar boshlandi

Date:

Imtihon kim uchundir bayram, kim uchundir sinov, kim uchundir mashaqqatli va uddalab bo‘lmas yumushdek gap. Ammo, tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan yoshlar uchun imtihon ilk katta hayotga tashlangan qadamdir. Erta tongdan ana shunday shasht va ishtiyoq, hayajon ila imtihonga tashrif buyurgan abituriyentlarni TerDU qabul komissiyasi a’zolari hamda universitet rahbariyati kutib oldi. Mutaxassislar sinovlar haqida batafsil ma’lumot berib, ijodiy imtihonlar sari yo‘naltirdilar.
Qolaversa, ijodiy imtihonlarning adolatli, shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida jarayonlar keng jamoatchilik vakillari, jumladan, OAV xodimlari, jurnalistlar va blogerlar tomonidan kuzatib borilishi ham yo‘lga qo‘yilgan. Sinovlar o‘tkazilayotgan hududlarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida IIB hamda tibbiyot xodimlari ham jalb etilgan.


Aytish kerakki , Termiz davlat universitetidagi kasbiy ijodiy imtihonlarga jami 501 nafar abituriyentdan ariza tushgan bo‘lib, ular 3 kun davomida sinovlardan o‘tadi. Shuningdek, 29 nafar ko‘zi ojiz abituriyent ham ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular suhbat asosida qabul qilinadi.
Termiz davlat universitetida 2023/2024-oʻquv yili uchun dizayn (milliy kostyum), dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto), sport faoliyati (dzyudo), sport faoliyati (futbol), sport faoliyati (voleybol) taʼlim yoʻnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tayotir.


Oliygohda imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida barcha xonalarga kuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Jarayonlarni imtihon.tersu.uz sayti orqali istalgan joydan jonli kuzatib borish imkoniyati ham yaratilgan. Abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari ham jarayonlarni online kuzatib borishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun