Jinoyatchilik jilovlanadi… mi?

Date:

Jinoyatchilik bilan kurashgandan ko‘ra uniing oldini olmoq lozim. Ana shundagina u jamiyatda avj olib, tomir otmaydi. Bu esa mahalla va tegishli tashkilotlarning hamkorligini, aholi, xususan yoshlar bilan manzilli ishlashni talab etadi. Shu maqsadda Boysun tumani hokimligi, tuman prokuraturasi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida “Jinoyatchilikni jilovlash” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mutasaddilar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni jilovlash va boshqa masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Qolaversa, yig‘ilishda joriy yil davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda xodimlar tomonidan xizmat intizomi, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha so‘z yuritildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun