Hokim sovg‘asi topshirildi

Date:

So‘nggi paytlarda IT sohasiga e’tibor shu qadar kuchaydiki, bu esa sohaga qiziquvchilar safining kengayishiga xizmat qilayapti. IT sohasini o‘rganish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Buning uchun til bilish, keyin esa AKTdan xabardor bo‘lish, dasturlash tizimini o‘rganish lozim. Angor tumanida tashkil etilgan IT markazida xalqaro toifadagi dasturchilarni yetishtirib chiqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda esa 33 nafar yosh markazga qamrab olinib, u yerda axborot texnologiyalari bilan bog‘liq o‘quv kurslari tashkil etilgan. Har kuni 2 ta guruhda yoshlar “Veb dasturlash”, “Mobile dasturlash” yo‘nalishlarida tahsil olishayotir. Bundan tashqari, yoshlarga ingliz tili chuqurlashtirilgan holda o‘rgatilmoqda.
Aytish kerakki, tumandagi ayni shu 33 nafar yoshdan katta natijalar kutilmoqda. Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hamda sektorlar rahbarlari IT markazda bo‘lib, yosh dasturchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda tuman rahbari viloyat hokimining sovg‘alarini markaz yoshlariga topshirdi hamda ularning kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun