Bilib qo‘ygan yaxshi

Date:

Yurtimiz bo‘ylab sayohatga yoki boshqa yumush bilan chiqishingizga to‘g‘ri kelib qolsa, eng maqbul transport vositasi poyezddir. Poyezdda yo‘lovchilarning o‘zi bilan yosh bola olib yurganda yo‘lovchi poyezdlarida haq to‘lashda qator qulayliklar mavjud. Bu ham qaysidir ma’noda mablag‘ingizni tejashga xizmat qiladi.
Yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi tashish poyezdida yo‘l haqi to‘lamasdan 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo‘l haqi to‘lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.
Bordi-yu, yo‘lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.
5 yoshdan 10 yoshgacha bolalarga ham tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy beriladi. 10 yoshdan oshgan bolalar uchun esa chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.

Oldingi sahifaImtihon qachon?
Keyingi sahifaOta duosi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun