Imtihon qachon?

Date:

G‘alvir suvdan ko‘tariladigan muddat ham keldi. Yigit-qizlar bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida imtihonga kirishadi. Xo‘sh, imtihon qachon? Muddatning aniq belgilanishi esa yoshlarning hayajonini oshirishi aniq. Turli sabablarga ko‘ra imtihon kunlari va o‘tkazilish tartibiga har yili qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu yilgi 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari esa 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi. Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib, 1️-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar, 2️-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari hududlardagi abiturientlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi. 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi. Shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarga “Abiturient ruxsatnomasi”ni berish ham boshlangan. “Abiturient ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Hurmatli abiturientlar, test sinoviga pasport (ID-karta) va abiturient ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishingiz lozim. Unutmang, pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Oldingi sahifaBolalar surat chizdi
Keyingi sahifaBilib qo‘ygan yaxshi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun