Bolalar surat chizdi

Date:

Bolaning qo‘liga rangli qalamlar va qog‘oz tutsangiz, u darrov chizishga tutinadi. Kimdir kapalak, quyoshni, kimdir bulutlarni, boshqalar esa oila a’zolarini chizib, turli ranglarda bo‘yaydi. Bolajonlarning ijodiy ishlariga qarab, ularning kayfiyatini, ruhiyatidagi o‘zgarishlarni ham bilib olish qiyin emas.
Ammo, nima bo‘lganda ham surat solish, ijod qilish eng yaxshi va foydali mashg‘ulot. Denov tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining birida esa “Rassom bolajon” nomli tadbir tashkil etildi. Unda bolajonlar miriqib surat chizdilar. Jamoa bo‘lib ishladilar.
Aytish kerakki, bolajonlar ma’lum maqsad sari yo‘naltirilgan faoliyat bilan qanchalik erta shug‘ullansa, shunchalik tez zaruriy bilim va tajribaga ega bo‘ladilar, dunyoqarashlari kengayadi, tasavvur ufqlarida qanot qoqa boshlashadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga o‘yin tarzida ta’lim berish jarayonida noan’anaviy usulda rasm chizish o‘rgatilib, zarur malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun