Jarqo‘rg‘ondan sabzi, Qumqo‘rg‘ondan bulg‘or qalampir…

Date:

Meva va sabzavotlarning kon-u foyda ekanini yaxshi bilamiz. Shuning uchun ham doimiy ravishda ularni ratsionimizga kiritib boramiz. Ularning quritilgani ham o‘zining foydali vitamin va mikroelementlarini saqlab qolish xususiyati yilning sovuq oylarida ham ularni sevib tanovul qilishga imkoniyat yaratadi. Faqatgina tadbirkorlarimizda meva va sabzavotlarni quritib saqlashlarida yetarlicha shart-sharoit va imkoniyat bo‘lsa bo‘lgani. Bu bilan ular xalqni foydali mahsulot bilan siylash bilan birga mo‘may daromad olishlari ham mumkin.
Xuddi shunday Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasidagi 6 gektar maydonda 2019-yildan buyon “Gold dried fruits export” MChJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, quritish va muzlatib saqlovchi, eksport qiluvchi korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etib o‘tish lozim. Umumiy qiymati 25,2 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha yillik 30 ming tonna mahsulotni qayta ishlash, saqlash va eksport qilish quvvatiga ega. Ammo, yildan yilga qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib borishi natijasida korxonaga yetarli miqdorda xomashyo yetkazib berishda muammolar yuzaga kelmoqda.
Viloyat rahbari mazkur korxona imkoniyatlari, mavjud texnologiyalar bilan tanishib, xomashyo yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida sabzi, Qumqo‘rg‘on tumanida bulg‘or qalampirining hosildor navlarini aholi tomorqalarida yetishtirish, korxona tomonidan shartnoma asosida sotib olinishini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi.

S.Davlatova

Oldingi sahifaMuammo bartaraf etildi
Keyingi sahifaBolalar surat chizdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun