Taklif yetarli ovoz to‘plasa…

Date:

Denov tumanidagi 30-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosidan foydalanilmayapti. Sababi bino yaroqsizigi sabab bog‘cha faoliyati ham to‘xtatilgan. Ammo, shiddat bilan o‘zgarishlar ketayotgan bir paytda mahalliy aholining farzandini uyda qoldirib, maktabgacha ta’limdan ayro ushlab turib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, imkon topgan boshqa MTTga farzandini berishi mumkin, ammo imkoni bo‘lmaganchi? Ushbu bog‘chaning qayta ish boshlashini kutaversa, farzandi maktab yoshiga yetib qolishi aniq.
Surxondaryo viloyati hokimi hududdagi bolalar taqdiriga befarq bo‘lmagan holda ushbu bog‘chaga kelib, holat bilan tanishdi. Shundan so‘ng, viloyat rahbari 110 o‘rinli yangi bog‘cha qurish taklifini “Tashabbusli byudjet” loyihasiga kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berib, taklif yetarli ovoz to‘plasa, uni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘ning yetmagan qismi viloyat mahalliy byudjetidan ajratilishini bildirdi.
Birgina bog‘cha uchun yangi bino qurish bilan ish bitmaydi. Yo‘llarni asfaltlash, ichimlik suvi tortib kelish, elektr energiyasini tortish ishlari ham bor. ushbu masalalarni ham hal etish maqsadida mas’ullarga mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratish va ishlarni boshlash topshirig‘i berildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun