Yangi o‘quv yili uchun 11 milliard so‘m

Date:

O‘qituvchi o‘z vazifasidan ortiq ishlarga jalb etilmas ekan, bor e’tiborini kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadga yetishish osonroq kechadi. Ikkinchi tomondan maktablarda, xususan sinfxonalarda ham yetarli shart-sharoit bo‘lmog‘i shart va zarur. Undan so‘nggina yoshlarga talabni to‘g‘ri qo‘ygan bo‘lamiz.
Yangi o‘quv yili oldidan shu kabi jihatlarni inobatga olgan holda seminarlar tashkil etilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Sariosiyo tumani 12-maktabda bo‘lib o‘tgan seminar ham vohadagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2023-2024-o‘quv yiliga tayyorgarligiga bag‘ishlandi. Seminar videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazildi.
Unda ta’lim sohasi mas’ullari, boshqarma boshliqlari, shahar va tumanlar studiyalaridan sektor rahbarlari, mutasaddilar hamda maktab direktorlari ishtirok etdi. Seminarda maktablarni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash, jamiyatda o‘qituvchi obro‘-e’tiborini oshirish, ularni vazifasidan tashqari ishlarga jalb qilmaslik, ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Viloyat rahbari o‘qituvchilarni o‘z vazifasidan tashqari ishlarga jalb qilgan har qaysi darajadagi rahbarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Ta’lim muassasalari sharoitlarini yaxshilash, yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida viloyat mahalliy byudjetidan 11 milliard 195 million so‘m mablag‘ ajratilib, maktablarning ichki va tashqi yoritish chiroqlarini yangilash, o‘quv binolarining pol, ichki va fasad qismlarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan materiallar xarid qilindi. Xarid qilingan ushbu materiallar seminar yakunida barcha hududlarda ta’mirlanishi rejalashtirilgan maktablar direktorlariga topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yaxshi o‘qiganga ta’lim krediti foizsiz beriladi

Shu kunga qadar faqat qizlarga foizsiz kredit berilar edi....

Xarajatlar “2+6” shaklida qoplanadi

Endilikda, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus...

Ko‘p bilan ko‘prik muammosi hal

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayog‘och” mahallasida ezgu an’anaga aylangan hashar tadbiri...

Qoidaga rioya etib…

Yugurayotganingizda aniq manzil va maqsadni ko‘zlaysiz. Start chizig‘ida turib,...
KunTun
KunTun