AHOLIGA QULAYLIK YARATIB…

Date:

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan “Iste’molchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berish va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etilganligi” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.


— “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan maishiy gaz ballonlari hisobini yuritishda avtomatlashtirilgan nazorat tizimi tadbiq qilib borilmoqda. Bunda har bir gaz ballon maxsus bar-kodli yorliqlar bilan ta’minlanib kelinmoqda, — deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Husniddin Berdimurodov. — Bugungi kunda har bir suyultirilgan gaz iste’molchisi uchun o‘z maishiy gaz ballonini qachon va qay tartibda to‘ldirilishi haqidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda “E-Gaz” dasturidagi shaxsiy kabineti orqali nazorat qilib borish imkoni yaratildi. Sizning xonadoningizdan olib ketilgan bo‘sh ballon qachon va qayerdan suyultirilgan gaz bilan olib ketilishini endilikda siz ham, biz ham nazorat qilib boramiz.


ID kartalar faqat maishiy gaz ballonidan foydalanish uchun belgilangan bo‘lib, unda barcha ma’lumotlar ko‘rinib turadi. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizim to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng, belgilangan mablag‘ iste’molchining ID kartasidan yechib olinadi. Buning qulayligi shundaki, har bir ID kartadan egasidan boshqa shaxsning foydalanish imkoni mavjud emas. Bu haqida matbuot anjumani ishtirokchilariga tushuntirib o‘tildi.
Xususan, Surxondaryo viloyatida jami 475 mingdan ortiq suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ulardagi maishiy gaz ballonlarning soni 576 813 taga teng. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan barcha iste’molchilarga bir maromda suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yil boshidan beri aholiga 38 ming 840 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.


— Yoz kunlarida kuniga o‘rta hisobda 30-40 dona gaz ballonidan og‘ir qoldiqlarni to‘ksak, kuz-qish mavsumida bu raqam 95 tagacha yetadi, — deydi “Uzun” gaz to‘ldirish shoxobchasining og‘ir qoldiq to‘kuvchi chilangari Bahrom Sayfiddinov. — Og‘ir qoldiqni to‘kishda har bir to‘kilayotgan maishiy gaz balloni avval tarozidan o‘tkaziladi, og‘ir qoldiqdan bo‘shatilgach, yana tortilib, so‘ngra maxsus kitobga qayd etib boriladi.
Inson manfaatlari ulug‘lanayotgan mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, ishchi-xizmatchilarning munosib mehnat qilishi, ishdan bo‘sh vaqtlarida mazmunli dam olishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Bunday e’tibor yurtimizni yangi bosqichda rivojlantirib, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Viloyatdagi gaz to‘ldirish stansiyalari va gaz to‘ldirish shoxobchalarida yaratilgan zamonaviy sharoitlar ham xodimlar uchun bir qator qulaylik yaratib, ularni ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Qizg‘in tarzda o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan tegishlicha javoblar olishdi.

Dinara Qo‘zimurodova,
Islom Mengliyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tumanida “Mahalla karvoni”

Yurtimizning barcha viloyatlarida “Mahalla karvoni” ma’naviy-marifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotir....

Mas’uliyat – muvaffaqiyat garovi

Korrupsiya rivojlnishga to‘siqdir. Tanish-bilishchilik, manfaat evaziga kimnidir muammosini hal...

Mobil qurilmalar uchun kvant himoya yaratildi

Xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida olimlar tomonidan izlanishlar olib borilmoqda....

Novosibirsk gubernatori Jarqo‘rg‘onda

Xususan, viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida delegatsiya a’zolari Jarqo‘rg‘on...
KunTun
KunTun