22 nafar ishsiz ish bilan band

Date:

Har qaday tadbirkorlik subyektining tashkil etilishi, faoliyat yuritilishi natijasida mo‘may daromad ko‘rish maqsadi yotadi. Hech kim aholiga ma’naviyat ulashish, san’atga oshno etishdan o‘zgasini o‘ylamaganini ayta olmasa kerak. Ammo, Jarqo‘rg‘on tumani “A.Navoiy” mahallasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “A.Akbar” MChJ o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik bitimiga asosan madaniyat markazi tashkil etilib, yoshlarni, aholini san’atga oshno etish maqsadi ro‘yobga chiqdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmas. Ushbu madaniyat markazining foydalanishga topshirilishi esa tuman ahli uchun haqiqiy xursandchilik bo‘ldi.
Umumiy qiymati 3,7 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida madaniyat markazi, to‘yxona, 4 ta madaniyat to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu xizmat turlarining faoliyati natijasida 22 nafar ishsiz ish bilan band bo‘ldi. Markazning foydalanishga topshirilishi bilan tuman yoshlari raqs, qo‘shiqchilik va rassomchilik to‘garaklariga qatnab, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik...

Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va...

Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va...

Munosiblar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning...
KunTun
KunTun