Kovrak o‘simligiga shikast yetkazildi

Date:

Kovrak o‘simligi xalq orasida oʻzining shifobaxshligi bilan mashhur. Afsuski, soʻnggi yillarda kovrakning yoʻgʻon ildizidagi yelim olinishi natijasida qurib qolmoqda. Ildizi kesilib, yelimi olinganidan keyin esa yerdan kovrak oʻsib chiqmaydi. Natijada, kovrak oʻsadigan tabiiy maydonlar qisqarib, ushbu dorivor oʻsimlik populyatsiyasi anchayin siyraklashayotgani siz-u bizga sir emas. Xolbuki, kovrak urugʻlarini koʻpaytirib, kovrakzorlar barpo etish u qadar oson ish emas. Chunki ekilgan urugʻning hammasi ham koʻkarib chiqavermaydi. Koʻkarib chiqqanlari ham haqiqiy kovrakka aylanguniga qadar bir necha yil talab etiladi.
Shu sababdan ham ushbu noyob o‘simlikni asrash, mahalliy aholining o‘zbilarmonlarcha ish tutmasligi doimiy targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida ogohlantiriladi, tushuntirish ishlari olib boriladi, borilayotir. Ammo, shunga qaramay, Uzun tumanida 2500 dan ortiq kovrak o‘simligiga shikast yetkazildi. Ekologiya vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi “Bobotog‘” SIU hududida o‘rganish ishlari davomida aniqlangan ushbu holat davomida tabiiy holda o‘suvchi tojik kavragi o‘simligining 2 421 tasi dimlangani, kartonlangani, 81 tasi esa shirasini olish maqsadida kesilganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu holat o‘simlik dunyosiga 40 million 95 ming so‘m miqdorida zarar yetkazishga sabab bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun