Kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘rildi

Date:

Ayni paytda g‘alla yig‘im-terimi qizg‘in tus olgan, g‘o‘za parvarishi ham ayni kerakli agrotexnik tadbirlarini talab etadi. Hududlarda ketayotgan ish jarayonlari haqida doimiy tarzda berib borilayotgan xabarlarda esa hammasi joyidadek tuyiladi. Yig‘im-terim ishlari puxta tashkil etilgan va barcha o‘z ishi hamda vazifasiga sidqidildan yondashmoqda degan xulosaga kelish mumkin. Ammo, hammasi ko‘ringanidek emas.
Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, g‘alla o‘rim-yig‘imi va g‘o‘za parvarishida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganlar ham afsuski topiladi. Ayni shu masala yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar, agrotexnik tadbirlarning borishi yuzasidan viloyat Ishchi guruhining Muzrabot, Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi o‘rganish natijalari yuzasidan tanqidiy muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.


Hududlarda otryadlar tomonidan kunlik reja-grafik asosida g‘alla o‘rimini tashkil etish, belgilangan rejaning bajarilishi, g‘o‘za parvarishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar, “Dolzarb 10 kunlik”da agrotexnik ishlov va qo‘shimcha ozuqa berish hamda sug‘orish tadbirlarining amalga oshirilishi tanqidiy ruhda tahlil qilindi.
O‘z faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan “Аmuzang” havza boshqarmasi boshlig‘ining ish haqidan 40 foiz jarima undiriladigan bo‘ldi. Muzrabot tumani hokimi va qishloq suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga esa “hayfsan” berildi. Muzrabot tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i vazifasidan ozod etilib, Sherobod tumani hokimiga navbatdagi intizomiy jazo qo‘llanildi. Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumanidagi o‘rganish natijalari yuzasidan qator masʼullar ogohlantirildi.


Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va “Dolzarb 10 kunlik”da ishlarni sifatli amalga oshirish yuzasidan barcha hududlar rahbarlari va soha masʼullariga vazifalar belgilab berildi. Topshiriqlar ijrosi yuzasidan ikki kundan keyin Muzrabot tumanida o‘rganish o‘tkazilishi belgilandi. Ko‘ramiz, kuzatamiz qo‘llanilgan jazo choralari mas’ullarga qanday ta’sir qilib, belgilangan muddatga qadar topshiriqlar ijrosiga qanday yondashishar ekan…

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun