Ilk bor Аksilkorrupsiya alifbosi yaratildi

Date:

Korrupsiya haqida ko‘p va ho‘b gapirilgan. Hattoki, siyqasi chiqqan mavzular qatoriga ham qo‘shib bo‘lganmiz. Korrupsiya haqidagi xabar va maqolalarning sarlavhasiga ko‘zimiz tushishi bilan davomini o‘qimay qo‘ya qolamiz. Aniqki, korrupsiya haqida doimiy qolip fikrlar o‘rin olgan. Ammo, shunga qaramay, pulning yuzi issiq. Uni oson yo‘l bilan topishga urinib, aldashga, pul undirishga urinadiganlar chiqaveradi. Siyqasi chiqqan mavzuga qahramon bo‘lishaveradi.
Korrupsiyaga kurashishni esa maktabdan boshlamoq lozim shekilli, toki unga nisbatan har bir insonda immunitet hosil bo‘lsin. Ayni shu maqsadda yurtimizda ilk Аksilkorrupsiya alifbosi yaratildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT TD va Аdliya vazirligi, Bosh prokuratura bilan hamkorlikda eʼlon qilingan grant tanlovi doirasida ishlab chiqilgan mazkur alifbo loyihasi ijrochisi — «Muloqot» nodavlat tashkilotidir.


Аlifbo aynan bolalar, yoshlar va pedagog-murabbiylar uchun mo‘ljallangan. Unda hayotda tez-tez uchrab turadigan 25 ta atama taqdim etiladi. Аlifboni tayyorlashda rassomlar va huquqshunoslar, loyiha aʼzolaridan iborat bo‘lgan mualliflik jamoasi hazil yo‘nalishiga amal qilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga ijodiy yondashishgan. Ko‘ramiz, kuzatamiz ushbu alifbodagi yondashuv yoshlarga, umuman jamiyatimiz a’zolariga qanday ta’sir qilib, yetarli xulosa chiqarishlariga sabab bo‘la olarmikan…

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Aholi farovonligiga e’tibor qaratildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning Jarqo‘rg‘on tumanidagi amaliy tashrifi Paxtazavod...

Jarqo‘rg‘onda mahallalar qiyofasi yangilanadi

Jarqo‘rg‘on tumanida hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi...

“Avtomobilsiz kun” — ekologik mas’uliyat sari qadam

Atmosfera havosini muhofaza qilish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan...

Ta’lim-tarbiya jarayoni o‘rganildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Surxondaryoga...
KunTun
KunTun