SPORTDAN ZAVQ OLIB…

Date:

Sport bilan shug‘ullanish uchun sportchi bo‘lish shart emas. Shunchaki, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ortiqcha vaznga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham sport mashg‘ulotlarini bajarishga odatlanmoq lozim. Ammo, hamma ham buni odatga aylantiravermaydi. Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni oshirish, o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Adliya vazirligi Markaziy apparati va hududiy adliya boshqarmalari xodimlaridan shakllantirilgan 135 nafar ishtirokchi o‘rtasida sportning 10 turi bo‘yicha “Adliya spartakiadasi” o‘tkazildi.
Albatta, tashkil etilgan spartakiada yorqin xotiralar va hayajonli daqiqlarga boy bo‘ldi. Asosiysi, Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi jamoasi ham bo‘sh kelmadi. Sportning futbol turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Farg‘ona va Namangan jamoalarini mag‘lub etib, ikkinchi bor faxrli 1-o‘rinni egallashdi.
Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasi bo‘yicha boshqarma jamoasi a’zosi I.Mallayev g‘olib deb topilgan bo‘lsa, O.Soatov eng yaxshi darvozabon deb topildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun