Mehnat yarmarkasi: Yoshlarning o‘ziga ishonchini oshirdi

Date:

Oliy ta’lim muassasasi bo‘ladimi, kasb-hunar kolleji yoki texnikum — qayerni o‘qishni tamomlashdan qat’iy nazar, bitiruvchida “qayerda ishlayman” degan o‘y-xayol birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Munosib ish, qolaversa, hayotda o‘z o‘rnini topish uchun tashanadigan ilk qadam ana shunday kishini biroz sarosimaga solishi aniq.
Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan 2023-yil 6-iyun kuni tasdiqlangan professional taʼlim muassasalari bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun mehnat yarmakasi o‘tkazish to‘g‘risidagi reja-grafigi asosida Qiziriq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mehnat yarmarkasi bitiruvchi-yoshlarning ana shunday o‘y-xayollarini tumanday tarqatish bilan birga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, qat’iyatni oshirishga xizmat qildi.
Professionnal taʼlim muassasalari bitiruvchi kurs o‘quvchilarining bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilishni maqsad qilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 34 ta korxona, tashkilot hamda muassasa o‘zlaridagi mavjud 115 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasida 48 nafar bitiruvchi ishtirok etib, 21 nafariga iqtisodiyotning turli sohalariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun