Yashnarbek endi chempion

Date:

Hech bir soha yo‘qki, davlatni sportchalik mashhur qila olmaydi. Davlatni tanitib, ana shunday mashhurlikka olib chiqayotgan surxondaryolik yoshlar ham talaygina. Ularning xizmati, mashaqqatli mehnati ila dunyo arenalarida yurtimiz bayrog‘i eng yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilib, madhiyamiz yangramoqda. Bu, albatta, har bir insonni ruhlantiradi, faxr va iftixorga to‘ldiradi.
Sport turlari ichida kurashni oladigan bo‘lsak, o‘zbek kurashini bugun dunyo tan oldi. Dunyo polvonlari maydonga tushib, kurashyapti. Qaysi tilda so‘zlashmasin, kurashsevar muxlislar sof o‘zbek tilida “chala”, “halol” deya hayqirishayotgani har bir o‘zbekka hush yoqishi aniq.
O‘zbek polvonlari esa qayerda maydonga tushmasin, albatta, raqibini halol yengib qonidagi polvonning shijoatini ko‘rsatmay qaytishmaydi. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida sportning sohil kurash turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Musobaqa qizg‘in tus olib, kurash muxlislari uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Bevosita polvonlarning har bir chiqishini, kurashish uslublarini maroq ila tomosha qildilar.
Musobaqaning 90 kilogramm vazn taifasida surxondaryolik polvon, Sharg‘un shahar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Yashnarbek O‘roqovning ishtiroki barchaning e’tiborini tortdi. Polvon sherdek maydonga tushib, barcha raqiblarini halol yengishga erishdi. Yashnarbek faxrli 1-o‘rinni egallab, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun