Yangicha metodlar tadbiq etilmoqda

Date:

Rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimiga, rivoj topayotgan sohalariga nazar tashlasangiz, muvaffaqiyat siri nimada ekanini anglaganday bo‘lasiz. Demak, tajriba o‘rganish, malaka oshirish foyda bo‘lsa borki, aslo zarar emas. Natijada esa bizning ayni tizimlarda ham oldinga siljish, o‘sish kuzatiladi.


Gap kelajak avlod taqdiri haqida ketar ekan, to‘xtash yoki ikkilanish yarashmaydi. Vaqtdan unumli foydalangan holda har qanday tajriba o‘rganilib, amaliyotga tadbiq etilishi shart va zarur. Buni maktabgacha ta’lim tizimi sohasi bo‘yicha oladigan bo‘lsak, nega endi bizning farzandlarimiz ham bizni lol qoldirmasligi, yangi bilimlarni katta qiziqish va tirishqoqlik bilan o‘zlashtirmasligi kerak? Yurtimizda ham xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Amerikaning Mercy Corps tashkiloti maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning tajribasini oshirishda o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tayotir.


Birinchi qadam sifatida mahorat darslari va seminar-treninglar Jarqo‘rg‘ondan boshlandi. Aytish kerakki, Jarqo‘rg‘on tumanida 15 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritadi. Seminarda ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachi-pedagoglari jalb etildi va seminar davomida malakali mutaxassislar tomonidan yangicha metodlar tushuntirildi. Ushbu metodlarning foydali jihatlari haqida to‘xtalib o‘tildi. Malaka oshirish jarayonlari qiziqarli va foydali o‘tdiki, seminarda ishtirok etgan tarbiyachilar olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etishga kirishib ketdilar. Aytish kerakki, ana shunday metodlarni qo‘llash bolalarning qiziqishini oshirib, mashg‘ulotlarning yanada qiziqarli bo‘lishiga xizmat qilayotir.

Hilola

Oldingi sahifaTomorqa koni foyda
Keyingi sahifaYashnarbek endi chempion

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi bojxona tartibi joriy etildi

Yangi qarorga muvofiq, endi xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari...

Yetakchilarimiz ildam

Bo‘stonliqdagi Yoshlar oromgohida yoshlar yetakchilarining faolligini oshirish va ilg‘or...

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalarini keng...

Eron delegatsiyasi xalqaro savdo markazida

Surxondaryoga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun