Kitobi AQShda chop etildi

Date:

Til bilish muhim. Shu sababdan ham yoshlarning aksariyati til o‘rganish kurslariga qatnaydi. O‘rganishni endi boshlovchilar esa doimo bir nechta tillarni biladiganlardan til o‘rganishning eng oson yo‘llari haqida tavsiya so‘raydi. Kimdir til o‘rganish uchun kurslarda o‘qish shart emas desa, kimdir aksini aytadi. Nima bo‘lganda ham til o‘rganishni murakkablashtirmasdan, zerikarli qoidalar o‘rganishga qiynalmasdan zamonaviy metodlardan foydalanish yaxshi natija berishi allaqachon isbotlangan.
Turli o‘yinlar, qiziqarli mashg‘ulotlar orqali nutq qobiliyatini rivojlantirib borish lozim. Har qalay, Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakultetining ikkinchi bosqich talabasi Munisa Bahromova ayni shunday tavsiya beradi. Uning tavsiyalari foydali va o‘rinli ekani uchun ham bir kitobda jam bo‘lib, “Developing speaking skill through games” nomi ila Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahridagi “Amazon” nashriyotida chop etildi.
Ushbu qo‘llanma endigina til o‘rganish ostonasida turgan yoshlar uchun qimmatli ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ha aytgancha, ushbu qo‘llanma Amazon va shu singari dunyoning barcha onlayn kitob savdo bozorlarida sotuvga ham qo‘yilgan.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun