Surxondaryodan Toshkentgacha 150 kilometr qisqaradi

Date:

Surxondaryo yurtimizning janubiy o‘lkasi — eng chekka hududda joylashgan bo‘lib, davlat poytaxtigacha borish uchun yarim kunimizni sarflaymiz. Bordi-yu, mashinada yo‘lga chiqsak, yo‘l azobini tortib, yozda issiqni, qishda sovuqni chidam bilan yengishimizga to‘g‘ri keladi. Manzilimizga yetgandan keyin ham bir necha kun yo‘l charchoqlari bizni tark etmaydi. Surxondaryo viloyatida xalqaro ahamiyatga ega ikkita trassani birlashtiruvchi va Toshkentga qatnash hamda yuklar yetkazilish vaqtini qisqartirishga xizmat qiluvchi yangi yo‘l qurilmoqda.
OTB mablagʼlari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 4R105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70-kilometr (65 kilometr) qismini va 4R100 “Mangʼuzor-Jarqo‘rgʼon-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yo‘lining 128-174-kilometr (46 kilometr) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilayotir. Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometrni tashkil etadi.
Loyiha amalga oshirilishi bilan Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M39 va M41 avtomagistrallari qisqa masofada birlashtirilib, Toshkent shahriga qatnovni amalga oshirayotgan xalqaro va mahalliy avtotashuvchilar uchun mavjud 298 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li 146 kilometrga qisqaradi va natijada ushbu masofa 152 kilometrni tashkil etadi. Bu esa manzilga yetishni 1,5-2 soatga qisqartiradi degani.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun