“Otam, onam va biz — sportchilar oilasimiz”

Date:

Sport bilan shug‘ullanish yaxshi, qolaversa, foydali ham. Ammo, mashg‘ulotlar oilangiz, ota-onangiz, opa-uka, aka-singillar bilan birgalikda amalga oshirilsa, jarayon yanada qizg‘in tus oladi. Ko‘plab oilalar o‘zlariga sog‘lom turmush tarzini shior qilib, oilaviy sport bilan shug‘ullanishadi. Erta tongdan yugurib, mashqlar bajarishadi. Kechki badantarbiyani ham odat tusiga aylantirganlar yo‘q emas. Endi buning foydali jihatlari, organizmimizga ta’siri haqida to‘xtalsak, fikrlarimiz sira ado bo‘lmaydi.
Termiz tumanida joylashgan N-sonli harbiy qism va tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamkorligida “Ma’naviyat oyligi” doirasida “Otam, onam va biz — sportchilar oilasimiz” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham sportni odat qilgan ana shunday ibratli oilalar ishtirok etdi.
Har bir ishtirokchi oila o‘zlariga berilgan shartlar bo‘yicha sport bilan shug‘ullandilar. Nafaqat ishtirokchilar, balki tomoshabinlar ham qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqalarni tomosha qilib, zavqlandilar. Haqiqatan ham jarayon qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi. Yakunda esa faol va g‘olib oilalar munosib taqdirlandi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun