Ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlandi

Date:

Maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish nafaqat yosh avlodning bilimli va salohiyatli bo‘lib yetishishi yo‘lidagi, balki davlat taqdiri uchun ham muhim qadamdir. Shunday ekan, oldimizga turgan vazifamiz buyuk va zalvorli. Pedagog-kadrlardan talab etilayotgani esa ana shu mas’uliyat kuchi bilan ta’lim-tarbiyaga jiddiy yondashmoqlari lozim. Shu maqsadda Termiz shahridagi 13-umumta’lim maktabida “Umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi muhim vazifalar” mavzusidagi navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarga Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari hamda Termiz shahridagi ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar rahbariyati va o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar faoliyati tanqid ostiga olinib, maktab rahbariyati va pedagoglar jamoasi ogohlantirildi. Tizimga mas’uliyatni kuchaytirib, o‘qituvchilarning ta’limdagi islohotlar va o‘zgarishlar bo‘yicha bilimi va malakasini oshirish lozimligi ta’kidlandi. Ayniqsa, ta’lim ko‘rsatkichlari past maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda kelgusi 2023-2024-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar belgilab olindi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun