“Farzandim uchun bir kun”

Date:

Doimiy ish bilan band bo‘lamiz-da, har doim ham farzand tarbiyasiga e’tibor qarata olmaymiz. Ammo, mana shunday bandligimiz va e’tiborsizligimizni “farzandlarimiz uchun yelib yuguryapman-ku” bahonasi ortiga bekitib, aybimizni haspo‘shlaymiz. Aslida esa bu bilan kimni aldayapmiz, farzandlarimizning taqdiriga befarq bo‘lib, alaloqibat o‘zimizni jazolayamayapmizmikan? Farzandingizga vaqt ajrating-da, o‘sha kunni o‘zingizcha sarhisob qiling, o‘tgan vaqtingizga achinarmikansiz? Jarqo‘rg‘on tumanidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Farzandim uchun bir kun” nomli tadbirda ishtirok etgan ota-ona borki, o‘tgan vaqtiga sira achinmadi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad bitta — ona-onalar bilan farzandlarining ilk yoshidan savodxonligi va kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha fikr-almashish, qolaversa, ota-onalar va MTT orasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘ldi. Jarayon qiziqarli va maroqli o‘tdi.
O‘z navbatida aytish mumkinki, bolaga kitob o‘qib berish, hayotining dastlabki uch-to‘rt yili ular miyasining rivojlanishi, dastlabki bilim va tushunchalarni anglashi uchun muhim hisoblanadi. Ana shunday davrda farzand ilk savodxonlik jarayonlariga jalb etilmasa, kelgusida hattoki qulay sharoitlarda ham o‘zlashtirish sekin va kam samarali bo‘lishi hech gap emas. Shunday ekan, bolalarga ilk yoshidan kitob o‘qib berish, nutqni anglash, so‘z boyligi va o‘z fikrini ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantirib borish lozim. Bu esa ularning kelgusida muvaffaqiyatli kitobxon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Tadbir davomida ota-onalarga bolalarga kitob o‘qib berish, ularni harflar, so‘zlar, raqamlar bilan tanishtirish va yoshiga mos she’rlarni yod olishda ko‘maklashish muhimligi tushuntirildi.
Shuningdek, MTTda tashkil etilgan “Kitob burchagi” faoliyati bilan tanishildi. Aytish kerakki, ushbu kitob burchagi uchun mahalliy nashriyotlar tomonidan chop etilgan 77 turdagi kitoblar, gilam, kitob javonlari va o‘rindiqlar yetkazib berilgan. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida turli didaktik o‘yinlar, gigiyena va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha qiziqarli shartli o‘yinlar o‘tkazildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilar ot sporti maktabida

Mamlakatimizda 1-iyundan 30-avgustgacha o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va...

Miya chipi muvaffaqiyatli oʻrnatildi

Xitoyda mart oyida oyoq-qoʻlidan ayrilgan bemorga ilk bor miya...

Jarima vaqtida yuborilmasa — bekor qilinadi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun foto yoki video...

Davlat shifoxonamizda robot-xirurg o‘rnatildi

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimida ilk bor davlatga qarashli tibbiyot...
KunTun
KunTun