Saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha o‘quvlar bo‘lib o‘tdi

Date:

Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun saylov kompaniyasi boshlanganidan ko‘pchilikning xabari bor, albatta. Hech kim mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan ushbu siyosiy jarayonga befarq emas. Biroq saylovni o‘tkazishning ham o‘z qonuniy va me’yoriy talablari bor.
Bugun muddatidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari avjida. Hududlarda okrug komissiyalari hamda saylov uchastkalari tuzilib, faoliyat boshladi. Shuningdek, saylov kompaniyasi bilan bog‘liq jarayonlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida, Matbuot markazi ham ish boshlagan.
Viloyatimizda 861 ta saylov uchastkalari tashkil etilib, ushbu uchastkalarga komissiya a’zolari ham tasdiqlab olindi. Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov uchastkalari a’zoligiga 9 ming 663 nafar obro‘-e’tiborga ega, saylov qonunchiligidan yaxshi xabardor faol fuqarolar jalb etilgan. Shu bilan bir qatorda, viloyatimizda o‘tkaziladigan o‘quv jarayonlarini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha 18 kishidan iborat Shtab tashkil etilgan bo‘lib, ushbu Shtabning asosiy vazifalari hududda o‘quv jarayonlarini tashkillashtirish, har bir uchastka raisi, o‘rinbosarlari, kotiblarini o‘qitib, saylov jarayonlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni yetkazishdan iborat.


Viloyatimizda ham 29-30-may kunlari saylov qonunchiligi va amaliyotiga doir o‘quvlar bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Viloyatimizdan olti nafar professor o‘qituvchilari poytaxtda o‘tkazilgan xuddi shunday o‘quvlarda qatnashib, saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha treninglarda ishtirok etib qaytishdi.
Ushbu trenerlar ayni damda Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalar va qurilish fakultetida 74 nafar vohalik tinglovchiga saylov qonunchiligi, nazariya va amaliyoti bo‘yicha mashg‘ulotlari olib bormoqda.
Viloyatimizdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat tashkiliy guruhi kotibi Anvar Ubaydullayevning bergan ma’lumotlariga qaraganda, hududiy trenerlar hududdagi oliy ta’lim muassasalari, ma’naviyat bo‘limlaridan mutaxassislar jalb etilgan. 74 nafar tinglovchi uchta guruhga bo‘lingan holda auditoriyalarda trenerlardan saylov qonunchiligi bo‘yicha saboq olmoqda. Mashg‘ulotlar video kuzatuv moslamalari nazoratida olib borilmoqda.


Saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlangan bo‘lib, barcha trenerlarga ushbu qo‘llanmalar tarqatiladi. Qo‘llanmada, saylov uchastkasi qanday jihozlanishi, uchastka komissiya tarkibi qanday bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak, ularning huquq va vakolatlari, kuzatuvchilar, OAV vakillari bo‘yicha ham yo‘riqnomalar ishlab chiqilganki, bu haqdagi ma’lumotlarni saylov uchastkasi komissiyasi tarkibi to‘laqonli bilishi kerak.
O‘quvlar davomida avvalgi saylovlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning oldini olish bo‘yicha vazifalar, saylovga oid xalqaro standartlarning muhim talablari atroflicha muhokama qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarini tuzish tartibi va faoliyatining asosiy jihatlari, saylovda ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati bilan ishlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish, saylov uchastkasida amaliy mashg‘ulot va mavjud tajribani o‘rganish, saylov uchastka komissiyaning ovoz berish kunidagi faoliyati mavzularida ma’ruzalar qilindi.
Har bir tumanga 4 nafardan trener biriktirilgan bo‘lib, ushbu o‘quvlar natijasida testdan muvaffaqiyatli o‘tgan trenerlar tuman va shahar kesimida o‘quvlar tashkil etishi belgilangan. Bundan ko‘zlangan maqsad uchastka komissiya tarkibini saylov qonunchiligdan boxabar qilish, saylov uchastkasini qay tartibda jihozlash, OAV bilan hamkorilik qilish, shuningdek, kuzatuvchilar bilan qay tartibda hamkorlik qilish, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish kabi huquqiy bilimlar berishga qaratilgan.

— Viloyatimizda o‘tkazilayotgan o‘quv-treningda men ham Bandixon tumaniga biriktirilgan tinglovchi sifatida ishtirok etyapman, — deydi Termiz davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi G‘ayrat Mamarajapob. — O‘quv-mashg‘ulotlari davomida saylov qonunchilig va amaliyoti bo‘yicha ko‘plab bilimlarga ega bo‘lyapmiz. Saylov uchastkasi qanday tashkil etiladi, uchastka komissiya a’zolarining asosiy vasifalari nimalardan iborat, uchastkani tashkil etishda nimalarga e’tibor berish lozim, saylovchilar ro‘yxatini SJBATga kiritish, saylov bilan bog‘liq jarayonlarni yoritishda nimalarni bilish muhim ekanligi, kuzatuvchilar bilan qanday munosabatda bo‘lish kabi huquq va majburiyatlar haqida to‘laqonli ma’lumot olmoqdamiz. Olgan bilimlarizni test sinovlaridna o‘tkazamiz va yaxshi natija ko‘rsatib, o‘zimga biriktirilgan hududga borib, o‘quvlarni to‘g‘ri tashkil etishga harakat qilaman.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV,
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Tadbirkor qizlar” biznes marafoni start oldi

Xotin-qizlarni biznesga qiziqtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun yetarlicha...

Yangi imkoniyatlar…

Surxondaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati jamiyat hayotining deyarli...

Surxondaryo delegatsiyasi Tojikistonda

Yurtimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari hali tugagagni yo‘q. xalqimiz...

«Qo‘mondonlik kubogi» musobaqasida

Sport birdamlikka, sport jismoniy chiniqish-u muvaffaqiyatga boshlaydi. Yoshlarimizni sportga...
KunTun
KunTun