O‘tgan yili berilgan tavsiyanoma bu yil ham o‘tadimi?

Date:

Ayni muddat abituriyentlar uchun hayajonli va sinovli kunlardir. Yil davomida o‘qib o‘rganishgani, mehnat va mashaqqatlari sinovdan o‘tib, talabalik baxtiga muyassar etishi ham hech gap emas. Qandaydir tanlov yoki musobaqa, fan olimpiadasi g‘oliblari esa tashvishlanishmasa ham bo‘ladi. Sababi ular allaqachon o‘zlarini talaba bo‘lishini kafolatlab qo‘yishibdi. Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar o‘tgan yilgi imtihon oldi ularga beriladigan tavsiyanomani olib, o‘qishga kira olmagan bo‘lsa, ularning ko‘ngillarida esa biroz xadik ham yo‘q emas. Xo‘sh, ushbu tavsiyanomalari bu yil ham amal qilib, o‘qishga kirishlariga yordam berarmikan?
Aytish kerakki, o‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgorning tavsiyanomasi joriy yilda ham amal qiladi. Sababi, tavsiyanoma berilgan kundan boshlab, uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinishi uchun amal qiladi.
Qayd etilishicha, har bir fuqaroning JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud bo‘lib, bu raqam har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasport yangisiga almashtirilganda ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami o‘zgarmaydi. O‘tgan yili tavsiyanoma olib, OTMga kira olmagan talabgor xotin-qizlarning bugungi kunda familiyasi o‘zgargan yoki pasporti almashgan bo‘lsa ham oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganda tavsiyanomadan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 405-moddasida bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanishi, bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shilishi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanishi belgilangan. Shunga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha mehnat staji hisoblanayotganda tavsiyanoma olish istagida bo‘lgan talabgor ayollar bola parvarishi bo‘yicha ta’tilda bo‘lsa, ushbu davr ish stajiga qo‘shiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun