“Ajdodlar izidan”…

Date:

Harbiylikka qadam qo‘yish istagini bildirmagan yigit kishining o‘zi bo‘lmasa kerak. Esini tanibdiki, har bir yigit o‘zining kelajagini harbiycha libosda, harbiycha ta’lim-tarbiyada tasavvur qiladi. Ajdodlar ruhini unutmagan, kelajak avlod tashvishida bo‘lgan haqiqiy elparvar insongina harbiylikni kasb qila oladi. Albatta, hech bir soha mavjud emaski, unda ma’lum bir bilim, salohiyat talab etilmasa. Harbiylik ham ushbu mezondan holi emas. Termiz shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida o‘tkazilgan “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yini harbiy xizmatchilarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirildi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Tanlovda buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayoti rivoji yo‘lida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari yoritilgan 4 buyuk kitob asosida savol-javob tashkil etildi.
Intellektual o‘yinda ishtirok etgan Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatidagi harbiy xizmatchilar okrug sharafini himoya qilish maqsadida o‘zlarining ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashlarini va iqtidorlarini sog‘lom raqobat asosida namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, uchinchi va ikkinchi o‘rinni mos ravishda Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismning “Janub qalqonlari” jamoasi, Buxoro garnizonidagi harbiy qismning “Temur vorislari” jamoasi egallagan bo‘lsa, faxriy birinchi o‘rinni Qarshi garnizonidagi harbiy qismning “Temur izdoshlari” jamoasi zabt etib, vazirlik bosqichiga yo‘l oldi. Tadbir so‘ngida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun