…O‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritganlarga choralar ko‘riladi

Date:

Uy qurmoqchi bo‘lsak, albatta, uning loyihasi ustida bosh qotiramiz. Yotoqxona, bolalar xonasi-yu, mehmonxona joylashuvi, oshxona ham ayni biz o‘ylagandek bo‘lishi uchun harakat qilamiz. To‘g‘ri-da, bir umr yashaydigan uyimiz ko‘nglimizdagidek bo‘lishi kerak-ku! Ammo, ko‘p qavatli uylardan xarid qilib qolsak bormi, uy dizayni, xonalar joylashuvi bizga yoqmasa-da, bundan ham imkon qidirishga harakat qilamiz. Zudlik bilan usta-quruvchini chaqiramiz-da, ko‘chib o‘tishdan avval uyni didimizga va o‘zimizga moslashtiramiz. Ya’ni, o‘zboshimchalik bilan oshxona yoki yo‘laklarni toraytirib yoki kengaytiramiz. Bu esa uy qurilishiga ta’sir qilishi mumkinligi esa xayolimizga ham kelmaydi. Xolbuki, fuqarolarning bunday boshboshdoqligi qat’iyan ta’qiqlanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorining qabul qilinishi ana shunday boshboshdoqliklarga chek qo‘yadi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar hamda ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan, ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlar aniqlanib boriladi. Aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha esa qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.
Uyning konstruksiyasini o‘zgartirish (qavatlar sonini o‘zgartirish, yonma-yon qurish, ustiga qavat qurish) bo‘yicha qurilish ishlarini boshlashga faqat loyihaning o‘zgartirilgan shaharsozlik hujjatlari qayta ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa olingandan so‘ng ruxsat etiladi.
2023-yil 1-iyundan seysmik xavfsizligi IV toifadagi bino va inshootlar bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish Loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingida “S” va undan yuqori toifaga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday qurilish ishlari Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “SSS” va undan yuqori toifaga (shu jumladan “A” va “B” turdagi barcha toifalarga) ega bo‘lgan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladi.
Shunday ekan, o‘zimiz va o‘zgalar xavfsizli uchun ham belgilangan tartibda harakat qilib, o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Manbalar asosida H.Kamolova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun