Endi tez yordam shifokorlari elektroskuterlardan foydalanishadi

Date:

Kasallik, og‘riqlar vaqt tanlamaydi, bezovta qilsa, tez yordam jonga ora kiradi. Ko‘rsatilgan birinchi yordamdan so‘ng esa bemorning ko‘zlari ochilib, qayta tug‘ilgandek bo‘ladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialiga bir kunda o‘rtacha 3000 dan ziyod chaqiriq kelib tushadi. Ushbu murojaatlarning aksariyati esa tushdan keyin — 17:00 dan tungi 01:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Bunday paytda tez yordam mashinasida manzillarga borib, kerakli yordamni berish muammoga aylanadi.
Chaqiruvlar ko‘p, yo‘llardagi tirbandlikar, mashina va mutaxassis masalasi esa… Bunday tig‘iz paytda bemorlarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish esa muhim. Ayni shu jihatlar inobatga olinib, viloyat “Tez yordam” xizmatida bu masalaga innovatsion yechim sifatida elektroskuterlardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
To‘g‘ri, elektroskuterlar zamonaviy tez yordam mashinalari kabi qulayliklarga ega emas, ammo tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo‘lgan joylarda oson yura oladigan transport vositasi sanaladi. Shifokorlarga berilgan elektroskuterlarda esa maxsus chemodan bo‘lib, unda bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi uchun barcha dori vositalari va uskunalari bilan ta’minlangan.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun