Har oyda 50 foizgacha ustama tayin

Date:

Bugungi zamon shunday zamonki, ishingizga, ko‘rsatgan xizmatingizga qarab munosib oylik maosh olasiz. Tashabbuskor va tinib-tinchimas xodim bilan nomiga, kun o‘targa kelib-ketadigan xodim oladigan mehnat haqining orasida, albatta, farq bor. Bunda professional taʼlim sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tizimini joriy etish maqsadida Prezidentimizning “Professional taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi dasturil amal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Unga ko‘ra professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning lavozim maoshlari oʻrtacha 20 foizga oshirishga, fidoyi, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama toʻlash bilan rag‘batlantirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bunday rag‘bat har bir o‘qituvchi-pedagogni o‘z ustida ishlashiga, tashabbus ko‘rsatib, atrofdagilarga, umuman jamiyatga o‘rnak va namuna bo‘lishga turtki bo‘lmoqda. To‘g‘ri-da, ish haqingizning miqdori o‘zimizga bog‘liq bo‘lib turganda, nega endi harakat qilmaslik, bor imkoniyat va kuch-g‘ayratimizni, salohiyatimizni ishga solmasligimiz kerak…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun