Ko‘hna qishloq ahli ichimlik suvi bilan taʼminlandi

Date:

Surxondaryo viloyat hokimi hududlarda bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib borish bilan birga kamchilik va muammolarni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Mas’ullarga kerakli topshiriqlarni beradi-da, bir muddat o‘tgach, ularning mas’uliyatini, topshiriqqa nisbatan qanchalik mas’uliyat va e’tibor bilan yondashuvini ham sinovdan o‘tkazadi. Aslida har bir topshiriq negizida xalq manfaati, turmush sharoitini yaxshilash, hayotini farovonlashtirish yotadi. Viloyat hokimining Oltinsoy tumaniga avvalgi tashrifi davomida 4 ta og‘ir hududdagi mahallani tanlab olib, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlarni namunali tashkil etish, Xo‘jaipok ota va So‘fi Olloyor ziyoratgohlariga olib boruvchi yo‘llarni taʼmirlash topshirig‘ini bergan edi.

[U1] Ayni shu topshiriqlar ijrosiga qiziqqan viloyat rahbari Oltinsoy tumanida bo‘ldi va holatni joyiga borgan holda o‘rgandi. Tanlab olingan mahallalarida aholi muammolarini hal etish, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilgan. Qariyb 300 yillik tarixga ega Hayrondara qishlog‘i aholisining uzoq yillik muammolaridan biri bo‘lgan ichimlik suvi masalasi hal etilib, 4 kilometrdan ortiq manzilga qadar quvur yotqizilib, toza ichimlik suvi olib kelindi.

Tumndagi og‘ir hudud sanalgan “Hayrondara”, “Gulobod”, Beshbola qahramon va “Mingchinor” mahallalaridagi 9 kilometr tuproq yo‘l toshlandi, 1 ta ko‘prik yangidan qurildi. 5 kilometrdan ortiq suv quvuri yotqizilib, 50 ta beton ustun o‘rnatildi. 150 ta uy-joy taʼmirlandi.

Ko‘rish, kuzatish mumkinki, tumanda e’tiborga molik ishlar amalga oshirilgan. Bundan tashqari “Gulobod” mahallasida yangi bog‘cha qurilishi ham boshlab yuborildi. Qolaversa, ziyoratgohlarga olib boruvchi va boshqa yo‘llarning 12 kilometr qismidagi asfalt yo‘llar taʼmirlangan.


 [U1]

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar “Jamoatchilik guruhi” nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida “Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi...

Haftalikka start berildi

Katta hayot ostonasida turgan yoshlar oliy ma’lumot diplomiga ega...

Kerakli yordam ko‘rsatildi

Og‘ir xastaligi tufayli sho‘rchilik Sayram Qurbanova mahalladagi ijtimoiy xodim...

Javobgarlik bor…

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish har...
KunTun
KunTun