“Mushoira va kitobxonlik”

Date:

Mutolaa yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi, fikrlashga chorlaydi. Ba’zan, orzularimiz ham biz o‘qigan, xursand qilgan kitob bilan bog‘liq bo‘ladi. Inson o‘qish orqali yangi fikrlar va yorqin g‘oyalar oladi. Inson o‘zi bilmagan holda ilhomlanib o‘qishi, yangi va o‘zgacha fikrlar yuzaga kelishiga turtki beradi.
Oltinsoy tumanidagi Tog‘ay Murod mahallasi markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oltinsoy

tuman bo‘linmasi va 43-maktab jamoasi bilan hamkorlikda yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ular o‘rtasida kitobxonlikni oshirish maqsadida “Mushoira va kitobxonlik” kechasi amalga oshirildi.
Unda 43-maktab o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni oshirishga qaratilgan she’rxonlik, kitobxonlik, bahru bayt va boshqa yo‘nalishlarda bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida tashabbuskorlik va faollik bilan ishtirok etganlar tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari tomonidan faxriy yorliq va kitoblar bilan taqdirlandi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun