O‘quvchilar uchun bepul…

Date:

Teatrga borganmisiz? Borgan bo‘lsangiz, jonli tomoshaning gashtini yaxshi bilasiz. His-tuyg‘ular, voqealar, syujet — bari jonli. Jarayonni kuzatgan esa ta’sirlanmay qolmaydi. Ha, teatrni ibratxona deya bejizga aytishmagan. Tomosha qilgan spektaklingiz, albatta, sizni o‘ylantirib qo‘yadi. Bir necha kun davomida o‘sha muhit, voqealar ta’sirida bo‘lasiz. O‘ylaysiz, mushohada qilasiz. Imkon bo‘lsa, munozara ham… o‘zingiz uchun chiqargan xulosalaringiz esa bir kitob o‘qigandan kam bo‘lmaydi.
Demak, teatrga ham borib turish, teatr san’atidan bahramand bo‘lib turish lozim. Dunyoqarashimiz kengayishi, ma’naviy didimiz shakllanishi uchun ham teatr zaruratga aylanmog‘i lozim. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi tomoniudan joriy yilning may oyi barcha tuman (shahar)larda “Teatr oyligi” deb e’lon qilingani ayni muddao bo‘ldi. Yuqoridagi kabi ko‘zlangan maqsadlarga eltib, yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantirish va o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilguvchi bu tashabbus, albatta, o‘zini oqlashiga shubha yo‘q.
Oylik doirasida Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 40 ta teatr jamoasi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun turli mavzularda spektakllar namoyish etiladi. Chekka hududlar uchun esa ko‘chma teatrlar tashkil etiladi. Ungacha o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan holda hafta davomida jadval asosida o‘quvchilarga bepul teatr namoyishlari tashkil etiladi.
Kutamiz, kuzatamiz va ma’naviy xordiq va ozuqa olamiz.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun