Brokonerlar qo‘lga tushdi

Date:

Tabiatni asrash, o‘simlik va hayvonot dunyosini avaylash haqida bong uramiz. Ayniqsa, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, “Qizil kitob”ga kiritilgan jonivorlarning hayotini asrab qolish maqsadida soha xodimlari na tinim va na xalovat bilishadi. Joylarda olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlari, OAV orqali chiqishlar esa odamlarning u qulog‘idan kirib, bunisidan chiqib ketayotgandek yoki nafsiga qul kabi harakat qilishlari ayanchli, albatta. Agar shunday bo‘lmaganida edi…
Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasi inspektorlari hamda DXX chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlari davomida “Surxon” davlat qo‘riqxonasining “Vandob” bo‘limi “Go‘rdara” massivi qo‘riqlanma zonasidan O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”gi kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yi bolasini olib ketayotgan ikki nafar fuqaro ushlanmasdi.


Qiziq, ushbu noyob jonivor bolasining keyingi taqdiri nima bo‘lardi degan savol tug‘iladi. Javob esa kishini o‘ylantiradi. Tezkor surishtiruvlar natijasida ushbu fuqarolarning qashqadaryolik ekani oydinlashdi. Yaxshiyamki, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, bir bosh Buxoro tog‘ qo‘yi bolasi huquqbuzarlardan olib qo‘yildi. Aybdorlarga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Umid qilamizki, beriladigan jazo ularning tegishli xulosa chiqarishi uchun yetarli bo‘ladi.
Buxoro tog‘ qo‘yi bolasining esa hozirda ahvoli yaxshi. U veterinariya nazoratida qo‘riqxonada saqlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun