Ochiq va yopiq referendum uchastkalari aniq bo‘ldi!

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 9-okrug komissiyasi matbuot markazida referendumni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 9-okrug komissiyasi raisi Abdusalom Pardayev komissiya a’zolari hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillariga qilingan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi.


Viloyatda 860 ta referendum uchastkalari tashkil etilgan bo‘lib, barchasida uchastka a’zolari faoliyat olib bormoqda. Shundan 844 tasi ochiq, 16 tasi esa yopiq referendum uchastkalari hisoblanadi. Ochiq uchastkalar onlayn xaritaga kiritilgan bo‘lib, barcha uchastkalar mobil hamda internet tarmog‘iga ulangan holda faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, uchastkalarda axborotdan erkin foydalanish, ovoz beruvchilar uchun uchastka haqida axborotlar hozirlanganki, kimki referendum yonki uchastkada amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot olmoqchi bo‘lsa, bularning bariga SJBAT tizimida javob tayyor. Faqatgina tizimga login va parol orqali kirish imkoniyati yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 9-okrug komissiyasi matbuot markazida referendumni o‘tkazish bo‘yisha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 9-okrug komissiyasi raisi o‘rinbosari Zahiriddin To‘rayev referendum bilan bog‘liq jarayonlarni, uchastkalarda amalga oshirilayotgan ishlarni va targ‘ibot tadbirlarini radio, televideniye hamda matbuotda, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yorishda OAVni vakillarini faol bo‘lishga chaqirdi.

A.Safarova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun