Referendum uchastkalari SJBATga ulangan

Date:

Joriy yilning 30-aprelida o‘tkaziladigan referendumni yuqori saviyada o‘tkazish uchun avvalo, referendum uchastkalarida barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilishi, ayniqsa, mobil hamda internet tarmog‘i bilan ta’minlash ovoz beruvchilar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Referendum o‘tkazilishi belgilangan uchastkalarda ovoz beruvchilar uchun qulaylik yaratish, amalga oshirilayotgan ishlar haqida vaqtida va sifatli axborotni yetkazib berishni ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, SJBAT tizimida 860 ta referendum uchastkalari toʻgʻrisida ma’lumotlari kiritilib, referendum uchastkalarning tizimda ishlash uchun login va parollari yaratildi hamda uchastkalarga yetkazib berildi.
“Oʻzbektelekom” AK Surxondaryo filiali tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra jami 860 ta referendum uchastkalaridan 849 tasini simli, 10 tasini radioaloqa va 1 tasini SDMA mobil aloqasi orqali internet tarmogʻiga ulash imkoniyati mavjud boʻlib, bugungi kunda ushbu referendum uchastkalarining “Oʻzbektelekom” AK Surxondaryo filiali tomonidan barchasi Markaziy saylov komissiyasi talabiga muvofiq telefon hamda yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish tarmogʻiga ulandi.


Bugungi kunda, hududlarda ovoz beruvchilarning elektron ro‘yxati to‘liq shakllantirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 9-okrug komissiyasida o‘tkazilgan tadbirda batafsil ma’lumot berildi. Unda ovoz beruvchilarning yagona elektron roʻyxati bilan ishlash boʻyicha 9-Ishchi guruhining referendum jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha qilinayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha axboroti tinglandi.
Ta’kidlash joizki, ushbu guruhga faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, IIB, Adliya, Kadastr, Sogʻliqni saqlash, “Oʻzbektelekom” AK hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari biriktirilgan.
— Barchamizga ma’lumki, SJBAT tizimini joriy qilishdan maqsad “bir saylovchi — bir ovoz” tamoyilini amaliyotda qoʻllash nazarda tutilgan – deydi Raqamli texnologiyalar vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi rahbari Saidaxmad Sahyamardanov. — SJBAT tizimida ishlash hamda saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini shakllantirish boʻyicha ancha vaqtdan buyon katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Birorta ham ovoz beruvchi ro‘yxatdan o‘tmasdan qolmasligi kerak. Yoinki bir fuqaro ikki yoki uchta referendum uchastkasida ro‘yxatga olinmasligi kerak. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida har bir fuqaro yashash manzili, ro‘yxatda turgan hududidan kelib chiqib, referendum uchastkalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Referendumga 10 kun muddat qolganida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlanadi va uch kun qolganda to‘xtatiladi. Jismoniy imkoniyati cheklangan, yotoqda yotib qolgan ovoz beruvchilar ariza bilan murojaat qilishsa, ular uchun ko‘chma qutilar tashkil etilib, ovoz berish imkoniyati yaratiladi.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV,
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun