Hokim “Otalar majlisi”da…

Date:

Maktablarda ota-onalar majlisi emas, aynan “Otalar majlisi” o‘tkazilishi oilada otaning mas’uliyatini bir necha baravar oshirishga xizmat qilayotir. Farzandlar ham endi o‘z taqdiriga, kelajak hayotiga daxldorlik bilan qarashga intiladi. Ammo, sariosiyolik 53-umumta’lim maktabining 2-sinfida o‘qiydigan Yodgorjonni “Otalar majlisi” bo‘lishi haqidagi xabar biroz cho‘chitdi, xafa ham qildi. Sababi, uning qo‘llaridan tutib keladigan, o‘qishlarini nazorat qiladigan otasi yo‘q. Shunda u tuman hokimiga sim qoqib, “Otalar majlisi”da otasi bo‘lib ishtirok etishini so‘radi. Albatta, hokim bobo bajonidil rozi bo‘ldi.
Nihoyat aytilgan kun ham keldi. “Otalar majlisi” boshlanish arafasida. Bolakay esa hokim boboni kutmoqda. Axir, u, “albatta, boraman” degan. Kimdir “hokim bo‘lsa, vaqt topib maktabdagi majlisga kelarmidi” desa, kimdir qo‘l siltab “kelmaydi” dedi. Yodgorjon esa umidini uzmadi, kelishiga qattiq umid bog‘ladi. Shu payt maktabga kiraverishda bir mashina kelib to‘xtadi-da, Sariosiyo tuman hokimi Adbuqodir Donayev tushib keldi. Yodgorjonning esa quvonchi ichiga sig‘madi, yugurib, hokim bobo qarshisiga peshvoz chiqdi. Hayajonli daqiqalar… ota quruq qo‘l bilan kelmadi, Yodgorjonga maktab portfeli to‘la o‘quv qirollari va kitoblar jamlanmasi olib keldi.
Shundan so‘ng esa hokim hamma qatori “Otalar majlisi”da ishtirok etdi. Ota bo‘lib, ustozlarning farzandi haqidagi fikrlarini tingladi. Ha, bu tashrif bir bolajonning kemtik ko‘nglini bir on bo‘lsa-da, quvonchga to‘ldirdi. Hokim boboga nisbatan ihlosini oshirdi. Tuman rahbarining naqadar bag‘ri keng, otalarcha g‘amxo‘r inson ekanini, tumandagi har bir bolani o‘z farzandidan kam ko‘rmasligini isbotladi.
Yoshlar taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtda unib-o‘sayotgan, ulg‘ayayotgan bolalarga bunday g‘amxo‘rlik namunasining ko‘rsatilishi, ularning ishonchli qo‘llarda ekanini ko‘rsatadi. O‘zi va Vatani uchun nafi tegadigan, kerakli inson bo‘lib yetishishiga turtki bo‘ladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va...

Xizmat yanada rivojlanmoqda

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda...

Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha...

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video...
KunTun
KunTun