“BILIM KARVONI” Boysunda

Date:

Markazdan ancha olisda joylashgan Boysun tumani ahli ko‘plab yangilik va bayram tadbirlar xabarini eshitib sururlanishar, xabardor bo‘lishar edi. Axir chekka va olis hududda bayramlar epkinini olib borish uchun ancha yo‘l bosib, vaqt sarflash kerak-da. Bu safar esa tamoman aksi bo‘ldi. Erta tongdan alohida tayyorgaliklar asosida yo‘lga otlangan “BILIM KARVONI” Boysun tumaniga yo‘l oldi. Aytish kerakki, ushbu karvon Termiz davlat universiteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Ushbu tashrif esa boysunlik yoshlarga bir olam quvonch bag‘ishlagani rost.


Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitobga bo‘lgan mehrini oshirishni maqsad qilgan “Bilim karvoni”ning jonkuyar vakillari tumandagi 1-umumta’lim maktabida to‘xtashdi va universitetning tajribali ustozlari hamda eng faol, bilimli va iqtidorli talaba-yoshlari o‘z mutaxassisliklaridan kelib chiqqan holda o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlarini o‘tib berishdi. “Bilim karvoni” orqali o‘quvchilar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan fanlarning ochilmagan qirralarini kashf etishdi. Dars mashg‘ulotlari o‘quvchilar uchun haqiqqiy motivatsiya vazifasini o‘tadi.


Tadbirning badiiy kechasida tashkil etilgan konsert dasturi esa boysunlik yoshlarni quvnoq o‘yin-kulguga chorladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun