QABUL-EMERENCY DEPARTMENT BO‘LIMI OCHILDI

Date:

Issiq jonning issig‘i chiqsa yoki biror kasallik jiddiy xavf sola boshladimi darrov tez tibbiy yordamga sim qoqamiz va zumda kelgan “Tez yordam” jonimizga ora kiradi. Barcha sohalar qatori tez tibbiy yordam xizmati tizimida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqdaki, bu tez tibbiy yordam samaradorligini oshirishga, aholining mushkulini oson qilishga xizmat qilayotir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-283-sonli qarori dasturil amal bo‘lib xizmat qilayotir. Qarorda berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida Qiziriq tuman tibbiyot birlashmasida Shoshilinch tez yordam bo‘limi o‘zgartirilib, Qabul-emerency department bo‘limi tashkil etildi. Natijada esa bemorlarni saralash imkoniyati yaratildi, ya’ni yashil, sariq va qizil zonalar tashkil qilindi.


Qabul-emerency department bo‘limi uchun investitsiya dasturi doirasida “Bektepa idial” MCHJ tomonidan 5 milliard 14 million so‘m mablag‘ hisobiga mavjud shoshilinch tez yordam bo‘limiga qo‘shimcha 2 qavatli bino qurilib, foydalanishga topshirildi. O‘z navbatida bu esa tuman ahlining shoshilinch tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun