“Oy borib, omon qaytsin…”

Date:

Termiz shahridagi Alpomish haykali yoni har doimgidan-da odamlar bilan gavjum. O‘ziga xos shukuh hukmron bo‘lgan bu joyda ota-onalar, yaqin birodarlar jondan aziz farzandlarini Vatanga sidqidildan xizmat qilishlari uchun muddatli harbiy xizmatga jo‘natishayotir. Bir guruh mard, jasur o‘g‘lonlar esa egnilariga yarashgan harbiylik libosini kiyib, yelkalariga katta mas’uliyat bilan ketish taraddudida. Ko‘ngillarida esa faxr-iftixor tuyg‘usi… Har qadamida, gap-so‘zi-yu, amalida shu tuyg‘uning ifodasi mujassamdek.

Tantanali kuzatish marosimini kuzatib turganlar borki, ana shunday manzaraning guvohi bo‘lib turibdi. Shu lahzalarda yangragan harbiy orkestr kuy sadolari barchani sergaklantirib qo‘ydi. Vatan himoyasiga otlangan askarlarga bir saf bo‘lib ketishga chog‘lanishdi. Bo‘lajak askarlarga yo‘ldosh bo‘lishi uchun “Armiya – hayot maktabi” kitobi hamda sanitariya-gigiyena vositalari topshirildi.

So‘zga chiqqanlar armiyamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tinch, farovon hayotimizni taʼminlashdagi o‘rni haqida fikr bildirish bilan birga, chaqiriluvchilarning Vatan oldidagi yigitlik burchini sharaf bilan o‘tashiga ishonch bildirishdi. Qo‘llarini duoga ochib, oy borib, omon qaytishini tilashdi.
Shundan so‘ng, o‘g‘lonlar Termiz temir yo‘l vokzalidan tantanali kuzatildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun