Surxondaryodagi 860 ta referendum uchastka komissiyasi tarkibi tasdiqlandi

Date:

Respublika miqyosida O‘zbekiston Respublikasi referendumini ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun tashkilliy ishlar boshlab yuborilganidan xabarimiz bor. Joylarda barcha shart-sharoitlar yaratish, qolaversa, referendumni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida avvaliga viloyatlarda okrug komissiyalari tuzildi. Bugun esa O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Okrug komissiyasi raisi Abdisalom Xo‘jaqulov komissiya aʼzolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishni olib bordi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasiga nomzod sifatida taqdim etilgan 860 ta referendum uchastka komissiyalari tarkibi muhokama etildi va tasdiqlandi. Aytish kerakki, okrug hududidagi referendum o‘tkazuvchi uchastkalar aʼzoligiga 9 ming 602 nafar fuqaro jalb etilayotir. Nomzodlarning har birining obro‘-eʼtiborga ega, referendum to‘g‘risidagi qonunchilikdan xabardorlik jihatlari inobatga olingan holda jamiyatning faol a’zolari orasidan tanlab olindi. A’zolarning 7 ming 255 nafari avval ham saylovlarda ishtirok etgan bo‘lib, yetarli bilim va tajribaga ega. Qolaversa, ularning 4 ming 661 nafari xalq taʼlimi, 25 nafari oliy taʼlim, 1 ming 394 nafari boshqa davlat idoralari va muassasalari xodimlaridan iborat.
Yana bir jihat, a’zolar rus va ingliz tillarida bemalol so‘zlasha oladi.
– Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tarkibini shakllantirishda vohada istiqomat qiladigan turli millat vakillari va gender tenglikka ham alohida eʼtibor qaratildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi raisi o‘rinbosari R.To‘rayev. – Jumladan, aʼzolarning 8 ming 489 nafari o‘zbek, 1 nafari qoraqalpoq, 4 nafari qozoq, 26 nafari rus, 965 nafari tojik, 2 nafari koreys, 115 nafari boshqa millat vakillaridir. Komissiyalarga jalb etilgan 4 ming 144 nafar xotin-qiz (43 foiz)ning 243 nafari rais, 263 nafari rais o‘rinbosari, 311 nafari kotiba lavozimida faoliyat yuritadi.
Yig‘ilishda viloyatdagi referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari binolarida komissiya aʼzolarining milliy qonunchiligimiz doirasida ish yuritishi, 30-aprel kuni ovoz beruvchilar o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun barcha qulayliklar yaratish, okrug vakolatiga kiradigan shu va boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun