Qonun ustuvorligi ta’minlanadi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65 foizga o‘zgartirilib, yanada mukammallashayotgani, bugungi zamon talabiga munosib ravishda tuzilib, huquqlarimizni kafolatlashi bilan ahamiyatli. Shunday ekan, xalq irodasini, xalq muallifligi ostida ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasi hech bir fuqaroni befarq qoldirmasligi lozim.
Albatta, o‘z o‘rnida kinstitutsiyamizning yangi qonun loyihasi bilan keng jamoatchilik tanishishi, yanada to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lmog‘i davr talabidir. Shu maqsadda Boysun tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati H.Xo‘jamqulov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va

ijtimoiy majmua sohasiga tegishli mas’ullar ishtirokida O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasining yangi qonun loyihasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, uning mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tumandagi madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan seminarlarda ishtirokchilarga O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, so‘zga chiqqanlar yangi konstitusiyaning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, barchani 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun